Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 1%punktga, yillik 19% qilib belgiladi. Bu haqda regulyator saytida ma’lum qilindi.
“2024-yil 13-sentabrda Rossiya banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 100 bazaviy punktga, yillik 19%ga oshirishga qaror qildi”, deyiladi bayonotda.
Markaziy bank matbuot relizida inflyatsiya bosimi yuqoriligicha qolayotgani qayd etilgan.
Yillik inflyatsiya 6,5−7,0% oralig‘idan yuqori bo‘lishi mumkin. Regulyatorning qayd etishicha, deinflyatsiya jarayonini tiklash uchun pul-kredit siyosatini qo‘shimcha qat’iylashtirish talab etiladi.
Bu 2022-yil aprel oyi boshidan beri yillik stavkaning 20% darajasida bo‘lgan ko‘rsatkichidan keyin maksimal stavkadir.
Regulyator 2023-yil oxiridan beri asosiy stavkani yillik 16% darajasida ushlab turdi, ammo inflyatsiyaning tezlashishi, kreditlashning tez sur’atlari va inflyatsiya kutishlarining oshishi fonida uni iyul oyida 18%ga oshirdi.
Shu bilan birga, regulyator signalni keyingi bosqichlarda yumshatdi va keyingi yig‘ilishlarda ko‘tarilishning maqsadga muvofiqligini baholashga va’da berdi.
Avvalroq “Spot” 12-sentabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida yozgandi.