O‘zbekistonning yirik va jadal rivojlanayotgan banklaridan biri Hamkorbank yangi logotipini taqdim etmoqda. Bu logotip bankning transformatsiya jarayoni va raqamli davrdagi innovatsiyalarga intilishini ifodalaydi. Yangi logotip evolyutsiya va o‘zgarib borayotgan moliyaviy muhitga moslashuv ramzi bo‘lib, zamonaviy elementlar va an’anaviy qadriyatlarni uyg‘unlashtiradi.
Yangi logotip zamirida zamonaviylik va transformatsiya
“Hamkorbank” yangi logotipi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bankning asosiy qadriyatlari — progress, barqarorlik va hamkorlikni vizuallashtirishga qaratilgan. Ushbu yangilanish bankning raqamli transformatsiyasinigina emas, balki global o‘zgarishlarga moslashib, mijozlarga eng yangi moliyaviy yechimlarni taklif qilishga tayyorligini ham aks ettiradi.
Asosiy element: Logotipda harakat va progressni ifoda etuvchi silliq chiziqlar va geometrik shakllar uyg‘unlashgan. Hamkorlikni gavdalantiruvchiramz yangi dizaynning asosiy qismiga aylangan.
Ranglar uyg‘unligi: palitraning asosini ikki rang tashkil qiladi — to‘q yashil rang barqarorlik,ishonch hamda umidni ifoda etsa, yorqin yashil rang innovatsiyalar, o‘sish va energiya bilan bog‘liq.
Transformatsiya maqsadi
Rebrending va logotipni yangilashning asosiy maqsadi “Hamkorbank"ning o‘zgarishlar, raqamli innovatsiyalar va rivojlanishga tayyorligini namoyish qilishdir. Yangi logotip bankning o‘z mijozlariga o‘zgarib borayotgan bozor sharoitida eng yaxshi xizmatlarni taqdim etish uchun faol transformatsiya jarayonida ekanini ta’kidlaydi.
Hamkorbank bank xizmatlarini barcha toifadagi mijozlar uchun qulay va osonlashtirish maqsadida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish sohasida o‘z pozitsiyasini mustahkamlab, mobil va onlayn platformalarni rivojlantirib bormoqda.
Brendga ta’sir
Yangilangan logotip va aydentika orqali “Hamkorbank” mijozlar va hamkorlar ko‘zida yanada zamonaviy va innovatsion obraz yaratishni maqsad qilmoqda. Bu brendni rivojlantirishdagi muhim qadam bo‘lib, bankka ichki bozorda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash va xalqaro miqyosdagi mavqeini kengaytirish imkonini beradi.
Xorijiy sarmoya ishtirokida 1991-yilda tashkil etilgan “Hamkorbank” xususiy va korporativ mijozlarga keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbekistondagi eng yirik tijorat banklaridan biri hisoblanadi. Bank kreditlash, depozitlar va raqamli xizmatlar yo‘nalishlarini faol rivojlantirib, butun mamlakat bo‘ylab millionlab mijozlar uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda. Bankning maqsadi zamonaviy standartlarga javob beradigan innovatsion moliyaviy yechimlar sohasida yetakchi bo‘lishdir. Bankning butun O‘zbekiston bo‘ylab 150 dan ortiq bank xizmatlari ofislari mavjud.
Reklama huquqlari asosida.