“Apple” ta’mirlash vaqtida o‘g‘irlangan qurilmalarning qismlari o‘rnatilgan iPhone’larni bloklaydi, deya xabar bermoqda “9to5Mac” nashri.

“Apple"ning o‘g‘irlikka qarshi eng yangi chorasi beta-testerlar uchun iPhone komponentlarini faollashtirish bloki ishga tushirildi.

Yangi funksiya 16-sentyabrda chiqarilishi rejalashtirilgan iOS 18'da taqdim etiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, endilikda iPhone komponentlarining — batareya, kamera, ekran seriya raqamlari haqidagi ma’lumotlar foydalanuvchi hisobiga ulanadi.

Agar ta’mirlangan qurilma yoqilganda, o‘rnatilgan yangi qism Activation Lock yoki Lost Mode funksiyalari faollashtirilgan iPhone’dan olinganligi aniqlansa, foydalanuvchi uni qulfdan chiqarish uchun parolni kiritishi kerak bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” iOS 18'da shikastlangan va yo‘qolgan fotosuratlarni tiklash funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, yangi funksiyada qayta tiklash uchun mos fayllar mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin.