“Google” kompaniyasining “YouTube” foydalanuvchilari ekranlarida reklamalar sonini ko‘paytirish uchun kurashi yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu haqda “4PDA” nashri xabar berdi.
Yana bir yangilik smart-televizorlar uchun videoxosting mijoziga ta’sir ko‘rsatdi: endi u reklamani foydalanuvchi asosiy tarkibdan tanaffus qilmoqchi bo‘lgan paytlarda ham ko‘rsatadi.
Android TV uchun yangilangan “YouTube” ilovasi aks etgan suratlar “Reddit” va “X” ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi.
Endi to‘xtatilgan video chapga siljiydi va reklama uchun joy ochadi. Uning ostida bannerni yopish va batafsil ma’lumot olish uchun tugmalar mavjud.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarga qaraganda, bu format hali ham sinov bosqichida va barcha foydalanuvchilarni “ma'qul” kelmayapti.
Avvalroq “Spot” “YouTube” o‘smirlar uchun yangi nazorat tizimini ishga tushirishi haqida yozgandi.
Yangi tizim ota-onalarga farzandlari qanday kontent yaratayotgani va tomosha qilayotganini tekshirish imkonini beradi.