Xorijdan O‘zbekistonga tovarlarni yetkazib beruvchi 9ta servis

Spot O‘zbekistonga qanday qilib Amazon, Alibaba, Taobao, Trendyol kabi platformalar, jahon brendlari saytlari ba boshqa internet-do‘konlardan xaridlarini qanday yetkazish, bu qancha mablag‘ va vaqt talab qilishi, qanday cheklovlar mavjudligi kabi savollarga javob topdi.

hafta yakuni, yangiliklar


AQShda o‘tkaziladigan Reagan-Fascell stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Ishtirokchilarga oylik stipendiya ajratilib, borib-kelish, sug‘urta, mahalliy transport va boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Bu global fintex hamjamiyatining muhim kelishuvi bo‘ladi” — biznes Kaspi’ning Humo to‘lov tizimiga qiziqishi haqida

Humo’ni xususiylashtirishda Qozog‘istonning Kaspi fintex guruhi qiziqish bildirdi. Spot bozor ishtirokchilari bilan Kaspi’ning O‘zbekiston bozoriga kengayishi, Humo bo‘yicha bitim ehtimoli, u amalga oshgan taqdirdagi rejalar va biznesning Kaspi bilan raqobatga tayyorligi haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Prezident kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha nimalarni belgilab berdi?

Aholini band qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqdan imtiyoz uch yilga uzaytiriladi, 50 ming gektar yer kambag‘al oilalarga beriladi hamda kambag‘allikni qisqartirish bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Auksionda “chiroyli” avtoraqam 351 mln so‘mga sotildi.
    Birinchi yarim yillikda avtoraqamlar savdosi uch barobarga oshib, 426,2 mlrd so‘mni tashkil etgandi.
  2. Toshkentda uy-joy ijara narxlari oshdi. Qaysi tumanlarda arzon?
    Avgust oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari o‘rtacha 1,9%ga, to‘liq ta’mirlanganlari esa 0,3%ga qimmatlagan.
  3. 400 nafarga yaqin davlat xodimining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi.
    Eng ko‘p holat Qishloq xo‘jaligi vazirligida aniqlangan bo‘lib, jami 279 nafar boshqaruv xodimi 302ta tadbirkorlik subyektida ulushdor bo‘lgan.
  4. Hech kim quyosh paneli o‘rnatishga majburlayotgani yo‘q — Energetika vazirligi
    Vazirlik quyosh paneli o‘rnatishga majburlash, o‘rnatilmagani uchun tarmoqdan uzish bo‘yicha ogohlantirish berish masalasi qonunchilikda belgilanmaganini qayd etdi.
  5. Toshkentdagi Muhteshem Doner kafesida ommaviy zaharlanish yuz berdi.
    Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 23 nafar fuqaroning zaharlanishiga kafeda tayyorlangan sous sabab bo‘lgan. Kafesi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
  6. Samsung Galaxy S25 Ultra haqida ilk ma’lumot berildi.
    Yangi smartfon dizaynidagi eng katta farqi bu tekis tomonlar hisoblanadi. Og‘irligi 219 grammni tashkil qiladi va u Galaxy S24 Ultra’dan kichikroq bo‘ladi.
  7. Dollar kursi yangi rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 8 so‘mga oshib, 12 749,75 so‘mni tashkil etdi.
  8. Qariyb 5ming jismoniy shaxs o‘z uyida quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqargan.
    Shundan iste’moldan ortgan 4 mln 815 ming 922 kVt⋅soatlik qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotgan.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

“Hamkorbank” o‘zining yangi logotipini taqdim etdi

“Hamkorbank” bankning transformatsiyasi va uning zamonaviy moliyaviy yechimlarga intilishini aks ettiruvchi yangi logotipni taqdim etdi.

“Uzum Market"da biznes qilish: “Burchak” do‘koni

“Burchak” do‘koni egasi Aynura Xudayberdiyeva “Uzum Market” marketpleysidagi biznesi haqida so‘zlab berdi va yangi sotuvchilar uchun maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi.

STO nemis bo‘yog‘i endi Toshkentda: fasad va interer uchun innovatsiyalar

Germaniyaning STO fasad va interer yechimlari ishlab chiqaruvchisi Toshkentdagi yangi shourumida 10 foizlik chegirma bilan innovatsion materiallarni taklif etadi.

Uzum Media va Mastercard firibgarlardan himoyalanish haqida onlayn o‘quv kursi chiqardi

Yangi darslik bank kartalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini o‘rganmoqchi va o‘z omonatlarini himoya qilmoqchi bo‘lganlar uchun foydali bo‘ladi.

“Shakl. Funksiya. Qulaylik. Uyg‘unlik”: Dilnoza Ahmad Perfect Design ARH falsafasi va muvaffaqiyati haqida

Perfect Design ARH asoschisi uning dizaynga o‘ziga xos yondashuvi kompaniyaga arxitektura xizmatlari bozorida muvaffaqiyat va tan olinishga qanday yordam bergani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.