16-sentabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin tannarxi 1 mln 97 ming 200 so‘mga yetdi yoki o‘tgan jumaga nisbatan 1,35%ga qimmatladi. Besh grammlik o‘lchagich 5 mln 486 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 486 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 10 mln 971 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 21 mln 942 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 54 mln 855 ming so‘mni tashkil qiladi.

Qimmatbaho metalning narxi sentabr oyi boshidan buyon uchinchi marta yangi cho‘qqiga chiqdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon 29,4%ga o‘sdi.

Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2590ga yaqinlashdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2585,9ni tashkil qildi.

narx, oltin, oltin quyma


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $39,15 mlrdga yetgani haqida yozgandi.

Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati $1,75 mlrdga yoki taxminan 4,7%ga oshgan. Hozir bu 2018-yildan statistik ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan beri maksimal darajalardan biridir.