Yaponiyada sayyohlar uchun foydali shaffof tarjimon-ekranlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “DTF” nashri xabar berdi.
Ularni temir yo‘l stansiyalarida, aeroportlarda va metroda topish mumkin. Ular real vaqt rejimida nutqni taniydi hamda foydalanuvchi va xodim uchun izohlarning tarjimalarini balandligi 40 sm va eni 70 sm bo‘lgan yangi shaffof displeyda ko‘rsatadi.
Hozirda 13ta til qo‘llab-quvvatlanadi. Ular orasida hali rus tili yo‘q, lekin ingliz tili bor.
Foydalanuvchilar klaviatura yordamida so‘zlarni talaffuz qilishlari yoki yozishlari mumkin. Keyin tarjima shaffof ekranda ko‘rsatiladi.
Joriy yil iyul oyida Tokio shahridagi Haneda aeroporti hududida sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.
Birinchi sinov 2-iyul kuni Haneda aeroporti terminalida boshlandi, u yerda tizim bir hafta davomida ishlatilgan. 20-avgust kuni qurilma Osaka xalqaro aeroportida sinovdan o‘tkaziladi.
Tarjima tizimi 1900-yilda asos solingan yapon global matbaa kompaniyasi “TOPPAN Inc.” tomonidan yaratilgan.