“Commonwealth Partnership Uzbekistan” (CMWP) konsalting kompaniyasi 2024-yilning birinchi yarmi bo‘yicha Toshkent shahridagi tijorat (riteyl) ko‘chmas mulk tahlilini taqdim etdi. “Spot” tadqiqot natijalari bilan tanishib chiqdi (nusxasi tahririyatda mavjud).
Chakana savdo bozori, ayniqsa, savdo markazlari sektorida sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. 100 ming kvadrat metr maydonga ega “Tashkent City Mall"ning ochilishi muhim voqealardan biri bo‘ldi.
Shahardagi savdo maydonlarining umumiy hajmi 606 ming kv.m.ga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 46%ga ko‘pdir. Yil yakuniga qadar bu hajm yana 13 ming kv.m.ga oshishi kutilmoqda.
Birinchi qavatdagi 100 kv.m. maydon uchun o‘rtacha ijara narxi oyiga $41ni tashkil qiladi. Odatda, ijara to‘lovi savdo maydonini saqlash bo‘yicha barcha qo‘shimcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘rsatkich mulkning joylashuvi va sifatiga qarab farq qilishi mumkin.
Poytaxtdagi barcha savdo maydonchalari markazdan 15 km uzoqlikda joylashgan.
Ekspertlar O‘zbekiston bozoriga xorijiy riteylerlarning kirib kelishini alohida ta’kidlamoqda. So‘nggi ikki yilda O‘zbekiston bozoriga 20dan ortiq xorijiy kompaniyalar, jumladan, “Zara”, “Inditex”, “Bork”, “Galmart” hamda “Sportmaster” kabi mashhur brendlar kirib keldi.
Mamlakatning boshqa hududlarida va qo‘shni mamlakatlarda (Tojikiston va Qirg‘iziston) mazkur brendlar yo‘qligini hisobga olsak, Toshkent dam olish va shopping uchun yangi mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanishi mumkin, deya qayd etadi “CMWP” tahlilchilari.
Toshkent savdo markazlaridagi ijarachilar tahlili shuni ko‘rsatdiki, kiyim-kechak va aksessuarlar do‘konlari asosiy ulushni (43%) egallaydi.
2024-yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 9%ga o‘sib, $731ga yetdi, ya’ni o‘rtacha har bir mamlakat fuqarosi bu miqdorni xaridlarga sarflagan.
2010-yildan 2020-yilgacha ochilgan savdo markazlariga sayyohlar soni kamayishi kutilmoqda. Bunga javoban tadbirkorlar savdo markazlarini o‘zgaruvchan talablarga moslashtirish va tashrif buyuruvchilar uchun jozibadorligini oshirish uchun ularni qayta konsepsiyalashni boshlashlari mumkin.
2010−2020-yillar oralig‘ida ochilgan savdo markazlariga tashriflar kamayishi kutilmoqda. Bunga javoban tadbirkorlar savdo markazlarini o‘zgaruvchan talablarga moslashtirish va tashrif buyuruvchilar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida qayta konsepsiyalashni boshlashlari mumkin.
Avvalroq Toshkent ko‘chalarida savdo maydonchalarini ijaraga olish qanchaga tushishi haqida xabar berilgandi.