Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarni yuvish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Andijon shahar bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda aniqlanishicha fuqaro R.M. “Z.h.” MCHJga qarashli “Jumabozor” MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olgan.

Buning natijasida jami 286,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Avvalroq “Spot” Toshkent viloyatida 141,2 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Yangiyo‘l tumanida novvoyxona elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlandi.