Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlarini tasdiqladi.
Asosiy yangilik, ulgurji savdo korxonalari uchun eng kam sotish narxlarining joriy etilishi bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar uchun esa narxlar 2023-yilning may oyida tasdiqlangan narxlarda o‘zgarishsiz qoldi.
Biroq, konyakning chakana narxi bundan mustasno. Ya’ni, uning eng kam sotish narxi 3 ming so‘mga oshirilgan.
Yangi narxlar qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab — 17-sentabrdan kuchga kiradi.
Sotilayotgan tovar nomi (1 litr tayyor mahsulot uchun so‘mda) | Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi | Ulgurji savdo korxonalarining eng kam sotish narxi | Eng kam sotish narxi |
Vino | 14 400 so‘m | 15 100 so‘m | 16 400 so‘m |
Aroq va boshqa alkogol mahsulotlar | 37 ming so‘m | 39 ming so‘m | 43 ming so‘m |
Konyak | 57 400 so‘m | 60 500 so‘m | 66 ming so‘m (63 ming so‘m edi) |
Bungacha minimal narxlar deyarli har yili oshirilardi. Tegishli qaror yil oxirida (noyabr-dekabr) qabul qilinib, yangi narxlar yanvar oyidan kuchga kirar — bu amaliyot 2010-yildan beri davom etgan.
Biroq, 2020-yilda narxlar oktabr oyida ko‘tarilgan. Keyingi yili narxlar oshishi ikki marta — mart va dekabr oylarida kuzatildi.
Avvalroq O‘zbekistonda tamaki va alkogol bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.