Prezident tomonidan 12-sentabrda imzolangan qonun bilan Xalqaro mehnat tashkilotining to‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidag Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Konvensiya 1994-yilda Jenevada qabul qilingan. Hozirda 21ta davlat, jumladan Avstraliya, Finlyandiya, Rossiya va Qozog‘iston tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Joriy yilning avgust oyida Oliy Majlis Senatida bu bo‘yicha qonun loyihasi ma’qullangandi.
Hujjat to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilar uchun mehnat sharoitlarini ta’minlash, ularni mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minot sohasidagi kamsitishdan himoyalashga qaratilgan.
Konvensiya qoidalari to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlaydigan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ularning to‘liq ish vaqtida ishlaydiganlar bilan bir xil haq-huquq hamda ijtimoiy himoyaga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
Joriy yilning fevral oyida Xalqaro mehnat tashkilotining ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qiluvchi qonun ma’qullangandi. Undan keyin, mart oyida prezident tomonidan mazkur qonun qabul qilindi.