Joriy yilning 17-sentabr kuni avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida o‘tkazilgan onlayn-auksionda jami 7,02 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sotilgan avtomobil raqamlari soni 1 394tani tashkil etib, tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 5 mln so‘m bo‘lgan. Eng arzon avtoraqam 1,7 mln so‘mga sotilgan.
Shu kuni birja savdolari orqali xarid qilingan eng qimmat avtoraqam qiymati 338,3 mln so‘mni tashkil etdi.
Sentabr oyi boshida “chiroyli” avtoraqam 351,9 mln so‘mga sotildi. Biroq, bu yuqori ko‘rsatkich emas, 6-avgust kungi savdolarda eng qimmat avtomobil raqami 403,9 mln so‘mga xarid qilingandi.
Birinchi yarim yillikda avtoraqamlar savdosi uch barobarga oshib, 426,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Eng qimmat “chiroyli” avtoraqamni Toshkent shahridan yuridik shaxs 517,14 mln so‘mga sotib olgan.
Shuningdek, 10-iyul kuni sotilgan eng qimmat avtoraqam qiymati 500 mln so‘mdan oshgandi.
Avvalroq AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi uchta xizmat avtomobillarini auksionga chiqarishi haqida xabar berilgandi.