O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 729,83 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 4 so‘m 99 tiyinga oshdi.
13-sentabr kuni dollar kursi rekord darajani qayd etib, 12 749,75 so‘mni tashkil etdi. Bungacha 12-sentabr kuni dollar kursi yangi rekord darajani qayd etib, 12 741 so‘mni tashkil etgandi.
Bungacha dollar kursi 18-sentabr, 17-sentabr, 11-sentabr, 10-sentabr, 5-sentabr va 4-sentabr kunlari oshgandi.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.