O‘zbekistonda bepul elektron tijorat maktabi ish boshladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Elektron tijorat maktabi kichik va o‘rta biznes vakillariga digital-vositalar bilan ishlashni o‘rgatadi.

Maktab — kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun ishga tushirilgan notijorat loyihasi hisoblanadi.

Notijorat loyihasi “Mastercard” kompaniyasi tomonidan, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Ta’lim tadbirkorlarga digital-vositalar yordamida biznesni kengaytirish va o‘z ishlarida ko‘proq pul topish imkonini beradi.

Elektron tijorat onlayn-maktabi doirasida tadbirkorlar targetlangan reklamani ishga tushirish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritish, internet-do‘kon ochish, xalqaro onlayn-maydonchalarda tovar sotish, onlayn-to‘lovlarni ulash va kiberxavfsizlikni ta’minlash kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Maktab kurslarida istalgan kishi, mutlaqo bepul o‘qishi mumkin bo‘lib, mashg‘ulotlar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Ushbu havola orqali elektron tijorat maktabi dasturi bilan tanishish va o‘qishni boshlash mumkin.


Avvalroq “Spot” eksportni rivojlantirish akseleratoriga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda eksport bitimlarini olishga qiziqqan, lekin amaliy tajribaga ega bo‘lmagan tadbirkorlar bepul ishtirok etishlari mumkin.