Sakkiz oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston gaz importini bir necha barobar oshirdi. Bu haqda “Spot” tomonidan o‘rganib chiqilgan Statistika agentligi ma’lumotida keltirilgan.
Yanvar-avgust oylarida Turkmaniston va Rossiyadan ko‘k yoqilg‘i importi 5,7 baravarga o‘sib, $1,15 mlrdga yetdi. Oylik tabiiy gaz yetkazib berish hajmi $168,3 mlnni tashkil etdi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqillik tarixida ilk bor gaz eksportchisidan gaz importchisiga aylandi.
O‘tgan oyda Xitoyga tabiiy gaz eksporti iyul oyi darajasida qoldi — taxminan $81,7 mln. Yil boshidan beri mamlakatga ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish hajmi $404,8 mlnni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1%ga ko‘pdir.
Biroq Statistika agentligi ma’lumotlari Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yil boshidan buyon $401,5 mlnlik gaz eksport qilgan, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan deyarli 5%ga ko‘pdir.
Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi avgust oyida O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berish sezilarli darajada oshganini ma’lum qildi — iyul oyidagi $69,1dan $97,3 mlngacha.
Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilikni yil boshidan buyon $6,55 mlrdlik gaz yetkazib berish bilan Turkmaniston egallamoqda. Ikkinchi o‘rinda Rossiya turibdi, mamlakat gaz eksportini sezilarli darajada — $5,4 mlrdgacha oshirdi. Keyingi o‘rinlarni Myanma ($913,3 mln) va Qozog‘iston ($897,2 mln) egalladi.
Avvalrpq “Spot” tadbirkorlar uchun elektr va gaz iste’molining 20%gacha oshgan qismiga bazaviy tarif saqlanib qolinishi haqida yozgandi.