Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2630ga yaqinlashdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2623,5,1ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Markaziy bankining 20-sentabr kuni bo‘yicha bergan ma’lumotida oltin quymalarning 1 grammi uchun narx 1 mln 92 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 465 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 10 mln 929 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 21 mln 859 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 54 mln 647 ming so‘mni tashkil qiladi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $39,15 mlrdga yetgani haqida yozgandi.
Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati $1,75 mlrdga yoki taxminan 4,7%ga oshgan. Hozir bu 2018-yildan statistik ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan beri maksimal darajalardan biridir.