O‘zbekistonlik talabalar “Work and Travel” dasturi asosida Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda mamlakat oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar agentlik hamda Germaniyaning “NoVo Agency” tashkiloti tomonidan “Ferienjob — Work And Travel” dasturi bo‘yicha mavsumiy ishlarga jalb qilinadi.
Mamlakatdagi ishlarda joriy yilning noyabr-dekabr va 2025-yilning yanvar oylarida quyidagi sohalardan birida ishlash mumkin:
- ishlab chiqarish;
- sanoat;
- omborxona logistikasi;
- qadoqlash;
- gastronomiya.
Nomzodlar 18−35 yosh oralig‘ida, yuqoridagi oylarda ta’til davrida (o‘qimayotgan yoki ishlamayotgan) bo‘lishi kerak. Rus, ingliz yoki nemis tilini bilganlar uchun afzalliklar mavjud.
Ish haqi soatiga 14 yevroni (brutto) tashkil etadi. Qabul qilinganlarga viza hujjatlarini tayyorlash va butun jarayon davomida ko‘mak beriladi.
Shuningdek, turar-joy topishda ko‘maklashiladi. Mamlakatda ijara narxlari shahar va ish joyiga qarab 450 yevrodan 600 yevrogachani tashkil etadi.
Nomzodlar batafsil ma’lumotlarni havola orqali yoki +998934546427, +998990259595 telefon raqamlaridan olishlari mumkin.
O‘zbekistonliklar uchun Germaniyaga ishchi vizalarini berish yengillashtiriladi. Mamlakatning “Globogate Concept” hamda “Deutsche Bahn” kompaniyalari ishtirokida fuqarolarni hamshiralik hamda transport sohalarida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq Bekzod Musayev joriy yilda O‘zbekistondan 800dan ortiq hamshiralar tashkiliy ravishda Germaniyaga yuborilishini, 400 nafari ketishganini ma’lum qilgandi.