O‘zbekistonda Toncoin savdosi yo‘lga qo‘yildi. Ekspertlar qanday fikrda?
Spot Toncoin’ning O‘zbekiston kriptovalyuta bozoriga ta’siri, uning mamlakatda mavjud boshqa kripto-aktivlardan farqi, foydalanuvchilar uchun risklarning mavjudligi hamda uning mahalliy bozordagi rivoji haqida ekspertlar bilan suhbatlashdi.
Tizimlashmaganlik, kerakli kadrlarning yo‘qligi — Inbazardagi voqea haqida biznes qanday fikrda?
Mazkur savdo markazi bilan yuz bergan holat bo‘yicha jamoatchilik o‘rtasida hali ham muhokamalar davom etmoqda. Biznes vakillari o‘zini hurmat qilgan tadbirkor xodimini hatto haqorat qilmasligini, mazkur kompaniya faoliyatida strategik jihatlar, xodimlar bilan ishlashish ko‘nikmalari yetishmasligini qayd etishdi.
Banklardagi ipoteka kreditlari. 2024-yil sentabr oyi bo‘yicha
Mavjud 36ta bankdan 18tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.
Talabalar turar joyini qanday topish mumkin? Qo‘llanma
Spot bu kabi markazlar qanday ishlashi, talabalar ularga qanday murojaat qilishlari mumkinligi hamda yotoqxona yoki ijara xonadonlariga joylashish uchun qanday hujjatlar talab qilinishi haqidagi videoqo‘llanmani taqdim etadi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Yakkasaroy tumanidagi Pushkin hiyobonida suv tushar bog‘ barpo etiladi. Foto.
Shuningdek, tumandagi Shota Rustaveli ko‘chasi 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi, gastronomik turizm ko‘chasiga aylantiriladi. - Taras Shevchenkodagi gastronomik ko‘cha ochilishi 1-oktabrga qoldirildi. Foto.
Bunga granit tosh yotqizilishi, yozgi terrasalar qurilishidagi kechikishlar hamda velosiped yo‘lagidan voz kechish kabilar sabab bo‘lgan. - Prezident Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini bayon qildi.
Bular qatorida strategik mintaqaviy hamkorlik, Germaniya kompaniyalari bilan investitsion va texnologik sheriklik, bilim va texnologiyalarni joriy etish hamda yashil energetika sohalari bor. - O‘zbekistondan Germaniyaga 800dan ortiq hamshiralar yuboriladi — Bekzod Musayev.
Bundan tashqari, mamlakat bilan avtobus va temir yo‘l haydovchilarini tayyorlash rejalashtirilgan. - 23-sentabrdan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlanadi.
Endilikda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin. - O‘zbekistonliklar uchun Germaniyaga ishchi vizalarini berish yengillashtiriladi.
Mamlakatning Globogate Concept hamda Deutsche Bahn kompaniyalari ishtirokida fuqarolarni hamshiralik hamda transport sohalarida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. - IT Park va Astana Hub Markaziy Osiyo innovatsiya xabini yaratadi.
Tomonlar yangi brend ostida Markaziy Osiyoda startap ekotizimini rivojlantirish va loyihalarni xalqaro maydonga olib chiqishni maqsad qilgan. - Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilar uchun qo‘shimcha qabul boshlandi.
Buning uchun nomzodlar 25-sentabrgacha my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari mumkin. - Ta’lim krediti ajratishning yangi tartibi tasdiqlandi.
Bunda ta’lim krediti uchun arizalarni Yagona portal hamda Ta’lim krediti tizimi orqali jo‘natish mumkin bo‘ladi. - $10 mlnga baholangan BILLZ startapi $500 minglik investitsiya jalb qildi.
Kompaniya Ozarbayjon va Gruziya kabi 6ta mamlakat bozorlarida 3 mingdan ortiq do‘konlar bilan ishlashadi.