23-sentabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin tannarxi 1 mln 109 ming so‘mga yetdi yoki o‘tgan jumaga nisbatan 21,5%ga qimmatladi. Besh grammlik uchun 5 mln 545 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 545 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 11 mln 090 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 22 mln 180 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 55 mln 449 ming so‘mni tashkil qiladi.

Sentabr oyining boshidan buyon mahalliy bozorda qimmatbaho metalning chakana narxi to‘rtinchi marta o‘zining maksimal qiymatini yangiladi. To‘qqiz oydan kamroq vaqt ichida u 30,8%ga o‘sdi.

Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2630ga yaqinlashdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2628,4ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin narxi, oltin quyma, rekord


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $39,15 mlrdga yetgani haqida yozgandi.

Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati $1,75 mlrdga yoki taxminan 4,7%ga oshgan. Hozir bu 2018-yildan statistik ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan beri maksimal darajalardan biridir.