“Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi Toshkent va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi.

Aviakompaniyaning “Telegram” kanalidagi bayonotga ko‘ra, reyslar noyabr oyidan boshlab amalga oshiriladi. Shu bilan birga, saytda 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan birinchi reys haqida ma’lumotlar mavjud.

Parvozlar jadvali (har ikki aeroport uchun mahalliy vaqt):

  • Tel-Avivdan uchish — 18:00, Toshkentga yetib kelish — 01:00;
  • Toshkentdan jo‘nab ketish — 19:50; Tel-Avivga yetib kelish — 23:20.

Bir tomonlama chipta narxi 4,21 mln so‘mdan boshlanadi (narx e’lon qilingan paytda amal qiladi).

2023-yil may oyidan boshlab “Qanot Sharq” aviakompaniyasi O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida qatnovlarni tiklashi haqida e’lon qildi. Samarqanddan Tel-Avivga xususiy aviatashuvchi parvoz qila boshladi.

O‘sha yilning sentabr oyida O‘zbekiston va Isroil hukumatlari mamlakatlar o‘rtasidagi havo qatnoviga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga kelishib oldilar. Bu qaror yangi aviatashuvchilarni reyslarga jalb qilish va o‘zaro sayyohlik oqimini oshirish imkonini berishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” “China Southern” 2025-yilda Toshkentdan Guanjouga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Shuningdek, aviakompaniya Pekin va Urumchidan Toshkentga parvozlar chastotasini ham oshiradi.