“SpaceX” kompaniyasi yaqin ikki yil ichida Marsga ekipajsiz taxminan beshta Starship kosmik kemasini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask “X” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
“Agar ularning barchasi xavfsiz tarzda qo‘nsa, to‘rt yildan keyin ekipaj parvoz qilishlari mumkin. Agar muammolar yuzaga kelsa, ekipaj bilan parvozlar yana ikki yilga kechiktiriladi”, deyiladi xabarda.
https://twitter.com/elonmusk/status/1837908705683059166?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1837908705683059166%7Ctwgr%5E809769a3b94fe20727141b3beaf21eff5f457b96%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.dw.com%2Fru%2Fspacex-planiruet-zapustit-pat-kosmiceskih-korablej-na-mars-do-2026-goda%2Fa-70296828
“Biz kosmik sayohatchi bo‘lishni istagan har bir kishi Marsga borishini istaymiz! Bu siz, oilangiz yoki do‘stlaringiz buyuk sarguzashtni orzu qilgan har bir kishini anglatadi. Oxir-oqibat Marsga minglab Starship kemalari yuboriladi va bu ajoyib manzara bo‘ladi! Tasavvur qilyapsizmi? Bu ha!” — deb yozadi Mask.
“SpaceX” kosmik kompaniyasi orbitaga “Polaris Dawn” nomli birinchi xususiy missiyasini olib chiqdi, deya xabar bermoqda “Space.com”.
10-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:24da “Crew Dragon” kemasi bilan “Falcon 9” raketasining uchirilishi bo‘lib o‘tdi.
Qurilma Floridadagi Jon Kennedi markazining uchirish maydonidan havoga ko‘tarildi va 18 soatdan so‘ng maksimal 1400 km orbitaga yetdi.
“Polaris” dasturidagi uchtadan birinchisi bo‘lgan missiya milliarder Jared Ayzekman tomonidan moliyalashtirildi.
Shuningdek, jamoaga AQSh harbiy-havo kuchlarining iste’foga chiqqan ofitseri Skott Potit, “SpaceX” muhandislari Anna Menon va Sara Jillis kiradi.
“Polaris Dawn” ekipaji orbitada besh kun bo‘ladi. Noprofessional astronavtlar tomonidan amalga oshiriladigan birinchi kosmik yurish 12-sentabrga rejalashtirilgan.
Uchirishdan asosiy maqsad kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan EVA skafandrlarini, jumladan, kosmik kemadan tashqarida sinovdan o‘tkazishdir, deb yozadi “Space.com”.
Ekipaj, shuningdek, “Starlink” sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali xabarlarni uzatishni o‘z ichiga olgan yana bir necha o‘nlab tajribalarni o‘tkazadi.
“Polaris” missiyasiga tayyorgarlik 2022-yil boshidan boshlab olib borilmoqda. Dastlab, birinchi ishga tushirish o‘sha yilning to‘rtinchi choragida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, biroq u turli sabablarga ko‘ra bir necha bor qoldirildi. Oxirgi marta ob-havo va texnik nosozliklar tufayli avgust oyining oxiriga qoldirilgan edi.
Avvalroq “Spot” Ilon Mask Texasda “Tesla” va “SpaceX” xodimlari uchun yangi shahar qurishi haqida yozgandi.
Milliarder o‘zining kompaniyalari xodimlarini ish joyi yaqinidan arzonroq uy-joy bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.