Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun daxlsiz 5D xotira kristali yaratdilar. Bu haqda “southampton.ac.uk” nashri xabar berdi.

Muvaffaqiatli amaliyot Buyuk Britaniyaning Sautgempton universitetida Piter Kazanskiy boshchiligidagi tadqiqotchilar “Helixworks Technologies” yordamida qilingan.

U 360 TB ma’lumotni saqlay oladi va uni yo‘q qilish deyarli mumkin emas.

Tanga o‘lchamdagi kristall +1000°C gacha bo‘lgan haroratga, kosmik nurlanishga va kvadrat santimetr uchun 10 tonna bosimga bardosh bera oladi.

Qayd etilishicha, inson genomi allaqachon tashuvchida to‘liq qayd etilgan. Ehtimol, milliardlab yillar o‘tgach, u apokalipsisdan keyin insoniyatni tiklashga yordam beradi.

“5D xotira kristali boshqa tadqiqotchilarga genomik ma’lumotlarning abadiy omborini yaratish imkoniyatini ochib beradi, agar kelajakda ilm-fan imkon bersa, o‘simliklar va hayvonlar kabi murakkab organizmlarni qayta tiklash mumkin”, deyiladi xabarda.


Avvalroq “Spot” “ChatGPT"da xotira funksiyasi sinovdan o‘tkazilayotgani haqida yozgandi.

Foydalanuvchilar mazkur funksiya orqali chat-botdan keyingi foydalanishlarda tegishli maslahatlar olishi mumkin.