Ikki yirik avtomobil kompaniyasi avtomobillarini qaytarib olish haqida e’lon qildi. “Reuters” ma’lumotlariga ko‘ra, gap “General Motors” AQShdagi 449 mingdan ortiq pikap va yo‘ltanlamaslar haqida ketmoqda.
Tormoz suyuqligining kamligi haqida ogohlantirish tizimi ishlamay qolgani sababli chaqiruvga 450 mingga yaqin 2023-yilgi “Chevrolet Silverado 1500”, “GMC Sierra 1500”, 2023−2024 yilgi “Chevrolet Tahoe”, “Suburban”, “GMC Yukon”, “Yukon XL”, “Cadillac Escalade” va “Escalade ESV” modellari kiradi.
Ushbu modellarda tormoz suyuqligi yo‘qolganida, elektron tormoz boshqaruv moduli dasturiy ta’minotida ogohlantirish chirog‘i ishlamasligi mumkin.
Dilerlar elektron tormoz boshqaruv moduli dasturiy ta’minotini tuzatuvchi masofaviy yangilanish bilan muammoni hal qiladilar.
“Ford” orqani ko‘rish kamerasidagi tasvir ishlamay qolgani sababli AQShda 144 mingga yaqin avtomobilni chaqirib oladi. Gap AQShdagi 2022−2024 yillardagi “Ford Maverick” haqida bormoqda.
Avvalroq “Ford” 85 mingdan ortiq “Explorer” politsiya avtomobillarini chaqirib olishi haqida xabar berilgandi.
Chunki quvvat blokining ishdan chiqishi dvigatel bo‘linmasiga yog‘ va yoqilg‘ining sizib chiqishiga va keyinchalik ularning o‘z-o‘zidan yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, gibrid v6 dvigatellari bilan jihozlangan 2020−2022 yillardagi Amerika avtomobillari, agar dvigatel ishlamay qolsa, yonib ketish xavfi mavjud.
Avvalroq “Spot” “BMW” butun dunyo bo‘ylab 140 mingdan ortiq elektromobillarini qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, elektromobillarning qaytarib olinishiga akkumulyatorlar bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.