24-sentabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin tannarxi 1 mln 119 ming 400 so‘mga yetdi yoki o‘tgan kunga nisbatan 0,9%ga qimmatladi. Besh grammlik uchun 5 mln 597 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 597 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 11 mln 194 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 22 mln 388 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 55 mln 971 ming so‘mni tashkil qiladi.

Qimmatbaho metalning narxi sentabr boshidan beri beshinchi marta yangi eng yuqori darajaga yetdi. Yil boshidan buyon 9 oydan kamroq vaqt ichida u 32%ga, yillik hisobda esa deyarli 43%ga oshgan.

Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi $2630 atrofida bo‘lib turibdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2628,4ni tashkil qildi.

markaziy bank, narx, oltin, oltin quyma, rekord


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $39,15 mlrdga yetgani haqida yozgandi.

Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati $1,75 mlrdga yoki taxminan 4,7%ga oshgan. Hozir bu 2018-yildan statistik ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan beri maksimal darajalardan biridir.