AQSh 2023-yilning yanvarida Turkiyaga nisbatan sanksiya bosimini o‘tkaza boshladi, biroq 2024-yil sentabr o‘rtalarida uning siyosati “eng og‘ir xarakterga ega bo‘ldi”, deya xabar berdi “RIA Novosti” Turkiya davlat bankidagi manbaga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni go‘yoki barcha operatsiyalarni nazorat qiladi va pul o‘tkazmalari manbalarini so‘raydi.
Biroq manba Qo‘shma Shtatlar bu ma’lumotlarni qanday asosda talab qilayotganini aytmadi.
Turk eksportchilari davlat idoralariga murojaatlar jo‘natib, Rossiya bilan biznesdagi bank muammolarini hal qilishda yordam so‘ramoqda, biroq hozircha yordam yo‘q, dedi agentlik suhbatdoshi.
2024-yil boshida “Kommersant” turk banklari Rossiya banklari bilan ishlashdan ommaviy ravishda voz kechishni boshlaganini yozgan.
Ular jismoniy shaxslar va tovarlarning sanksiyaga layoqatliligini tekshirish uchun ko‘proq hujjatlarni talab qilishgan va ba’zi to‘lovlarni qabul qilishmagan.
Sentabr oyida rossiyalik importchilar turk banklari orqali to‘lovlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida yana xabar berishdi. Ular boshqa mamlakatlarga, jumladan, Yevropaga tranzit o‘tkazmalarni o‘tkazish uchun foydalanilgan.
“Vedomosti” nashri suhbatdoshlarining fikricha, muammolar Turkiyaning o‘zida ham, Yevropa davlatlarida ham qonunlarga rioya qilishning kuchaytirilishi bilan bog‘liq.
Avvalroq “Spot” Turkiyaning “Ziraat banki” rubl hisoblarini ochishni to‘xtatgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, rubl hisoblari egalariga pulni liraga aylantirish va xizmatlar uchun to‘lash uchun bank kartalaridan foydalanish taklif qilingan. Hozirda bank mazkur holatning sababini keltirmagan.