“IT Park” “Biban Forum 2024” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun startaplardan arizalar qabul qilayotganini ma’lum qildi.

Tadbir Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 5−9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir startaplar uchun o‘zlarining innovatsion yechimlarini investorlar, hamkorlar va soha vakillarining keng auditoriyasiga taqdim etish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Jamoalar g‘oyalarini namoyish etish, “Startup Door” hududidagi stendga kirib, kompaniya va mahsulotini taqdim etishi mumkin.

Forum dunyo bo‘ylab 1000dan ortiq startap va 100dan ziyod inkubatorni birlashtirib, netvorking uchun ideal sharoit yaratadi.

Shuningdek, jamoalar investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, “Biban Forum” — moliyalashtirish izlash va strategik hamkorlik o‘rnatish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Unda ishtirok etish uchun startap haqida: mahsulot/xizmat nomi va tavsifi, jamoa va uning malakalarining qisqacha tavsifi hamda yutuqlar va kelajak rejalari bo‘yciha ma’lumotlarni taqdim qilish talab etiladi.

Ma’lumotlarni 2024-yil 29-sentabrgacha ko‘rsatilgan havola orqali yuborish kerak.


Avvalroq “Spot” “IT Park” va “Astana Hub” Markaziy Osiyo innovatsiya xabini yaratishi haqida yozgandi.

Tomonlar yangi brend ostida Markaziy Osiyoda startap ekotizimini rivojlantirish va loyihalarni xalqaro maydonga olib chiqishni maqsad qilgan.