O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yangi rekord darajani qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 757,65 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 2 so‘m 82 tiyinga oshdi.
Sentabr oyida dollar kursi 24-sentabr, 13-sentabr va 12-sentabr kunlari yangi rekord darajani qayd etdi.
Bungacha dollar kursi 23-sentabr, 20-sentabr, 18-sentabr, 17-sentabr, 11-sentabr, 10-sentabr, 5-sentabr va 4-sentabr kunlari oshgandi.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.