25-sentabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Bir gramm oltin tannarxi 1 mln 119 ming 400 so‘mga yetdi yoki o‘tgan kunga nisbatan 1,3%ga qimmatladi. Besh grammlik uchun 5 mln 597 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 672 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 11 mln 343 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 22 mln 686 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 56 mln 716 ming so‘mni tashkil qiladi.
Qimmatbaho metalning narxi ketma-ket uchinchi kun davomida yangi rekord o‘rnatdi va bu o‘tgan oydagi oltinchi rekorddir. Umuman olganda, yil boshidan buyon 33,7%ga o‘sdi.
Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi $2660 atrofida bo‘lib turibdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2655,7ni tashkil qildi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $39,15 mlrdga yetgani haqida yozgandi.
Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati $1,75 mlrdga yoki taxminan 4,7%ga oshgan. Hozir bu 2018-yildan statistik ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan beri maksimal darajalardan biridir.