“IT Park” “Inmerge Azerbaijan 2024” xalqaro sammitida ishtirok etish uchun startaplardan arizalar qabul qilayotganini ma’lum qildi.

Sammit 2024-yil 10−11-oktabr kunlari Boku shahrida, Boku Kongress markazida o‘tkaziladi.

“Inmerge Azerbaijan” — bu dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi mutaxassislar, startaplar va investorlarni texnologik rivojlanish va investitsiya muhitining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun birlashtiruvchi noyob maydondir.

Sammit dasturida:

  • texnologiyalar va biznes sohasidagi nufuzli ma’ruzachilarning chiqishlari;
  • potensial hamkorlar va investorlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati;
  • “IT Park Uzbekistan” stendida startaplar uchun taqdimot hududida ishtirok etish.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Ishtirokchilarni saralash 2024-yil 30-sentabrga qadar amalga oshiriladi.

Tashkilotchilar faqat sammitga kirish chiptasi uchun haq to‘laydilar. Boshqa barcha xarajatlar ishtirokchilar zimmasida bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Biban Forum 2024” startaplar forumiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Ar-Riyoddagi tadbirda qatnashishni xohlovchilardan arizalar 29-sentabrgacha qabul qilinadi.