“OpenAI” “Apple"ning sobiq dizayneri Joni Ayv bilan birgalikda sun’iy intellektli smartfon chiqaradi. Bu haqda “New York Times” nashri xabar berdi.

Joni Ayv yangi qurilma ustida ishlayotganini tasdiqladi. Bu sun’iy intellektni o‘z ichiga olgan smartfon bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

Ayv allaqachon San-Fransiskodagi katta ofisda ushbu yangi qurilma ustida ishlashni boshlagan. Ayv bilan “Apple"da ishlagan Evans Xanki va Tan Tan ham loyiha ustida ishlamoqda.

Gadjet vazifalarni avtomatlashtirish va foydalanuvchi harakatlarini bashorat qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi — ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, bu texnologiya olamida inqilob bo‘ladi.

Ularning maqsadi mutlaqo yangi foydalanish tajribasini taqdim etadigan qurilma yaratish va gadjetni 2007-yildagi birinchi iPhone kabi inqilobiy qilishdir.


Avvalroq “Spot” iPhone yaratuvchilaridan biri “Apple” kompaniyasini tark etgani haqida yozgandi.

Kompaniyadagi 30 yillik faoliyatidan keyin Apple’ning eng keksa dizayneri Bart Andre nafaqaga chiqdi.

“Bloomberg” sharhlovchisi Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, Andre “Apple” jamoasiga 1992-yilda, dizayn bo‘limiga Joni Ayv rahbarlik qilgan paytda qo‘shilgan.

Mutaxassis Stiv Jobs boshchiligida ko‘plab mahsulotlar ustida ishlagan. Jumladan, u iPhone va Mac kompyuterlarining turli versiyalarining asoschilaridan biri hisoblanadi.