“Uzum” operatsion direktori Roman Lavrentev va Toshkentdagi “British Management University” rektori Konrad Ozog hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu orqali kompaniya va universitet qo‘shma kurslar va tadbirlarni, shuningdek, bitiruvchilar uchun amaliyot va ishga joylashish dasturlarini o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
“Ushbu hamkorlik talabalarimiz uchun yangi ufqlarni ochadi — birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida biz „Uzum“ bilan yosh mutaxassislarga qiyinchiliklarga tayyor bo‘lish va kelajakda o‘z o‘rnini topishga imkon beradigan noyob ta’lim dasturlarini yaratishimiz mumkin”, — dedi Konrad Ozog.
“Biz mamlakatimizning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun „Uzum“ ham orzudagi ish beruvchi, ham o‘z sohasida eng yaxshi ustozlarning ko‘magi bilan karyera qurish mumkin bo‘lgan joy bo‘lishini istaymiz. Va biz millionlab o‘zbekistonliklar uchun raqamli servislarni birgalikda yaratish uchun tajriba almashish, yosh mutaxassislarni o‘qitish va ularga yordam berishga doim tayyormiz. Shunday ekan, qadrli talabalar va bitiruvchilar, bizni katta maqsadlar va buyuk ishlar kutmoqda”, — dedi “Uzum” operatsion direktori Roman Lavrentev.
“British Management University” menejment, moliya, moliyaviy tahlil, audit va ular bilan bog‘liq fanlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.
Reklama huquqlari asosida.