Bazaviy hisoblash miqdori oshiriladi

Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 ming so‘mdan 375 ming so‘mgacha — 10%ga oshiriladi.

Shu bilan birga, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 155 ming so‘m etib belgilanadi.


Ish haqi miqdori 15%ga oshiriladi

1-oktabrdan boshlab tibbiyot xodimlari hamda o’qituvchilar ish haqi 15%ga, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi esa 10%ga oshiriladi.

“Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori ham 15%ga oshiriladi.



Toshkent va Sirdaryoda davlat tibbiy sug‘urtasi joriy etiladi

Tizimga ko‘ra, tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi. Xizmatlar va dorilar soliqlar hisobidan, qo‘shimcha to‘lovlarsiz taqdim etiladi.

Dastur doirasida dori-darmonlar elektron retseptlar bo‘yicha bepul beriladi, dorixonalar esa xarajatlarini reimbursatsiya tizimi orqali qoplaydi.

Bepul tibbiy yordam olish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish, oilaviy shifokor yoki tez tibbiy yordam xizmati yo‘l-yo‘rig‘i bo‘yicha murojaat qilish kerak. Barcha darajadagi shifoxonalarda bepul davolanadigan kasalliklar ro‘yxati tuziladi, imtiyozli toifadagi fuqarolar esa shifokorning ko‘rsatmasi asosida bepul davolanishlari mumkin.

2025-yil 1-yanvardan boshlab sug‘urta Qoraqalpog‘istonda amalga oshiriladi, 2026-yil oxirigacha esa O‘zbekistonning boshqa hududlarini qamrab olishi rejalashtirilgan.


Energiya auditidan o‘tmagan korxonalar uchun elektr va gaz tariflari oshirib qo‘llaniladi

Energiya auditidan o‘tmagan yoki auditorlarning ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarmagan yirik iste’molchilar elektr va gaz uchun 1,5 koeffitsiyentida to‘lovni amlaga oshirishadi.

O‘zbekistonning barcha hududlaridan 317ta korxona majburiy energiya auditidan o‘tishi lozim.

Ular orasida OKMK, NKMK, Angren IES, “Ohangaronsement”, “Qizilqumsement”, “Navoiyazot”, “Navoiyuran”, “Ammofos-Maxam”, “Coca-Cola Uzbekistan”, “Hydrolife Bottlers”, “Samfruit”, “UzAuto Motors”, “Uzbat”, “UzGTL” hamda Amirsoy kabi korxonalar mavjud.


“IT Park"ning yirik rezidentlari uchun minimal eksport talabi joriy etiladi

Eksport yirik rezidentlar umumiy daromadining kamida 10%ini tashkil etishi kerak. 2026-yildan minimal daraja 20%ga, 2027-yildan esa 35%gacha oshiriladi.

Agar katta rezidentlar eksportga harakat qilmasa unda boshqa kichik rezidentlar eksportini oshirishga qaratilgan tashabbuslarga yordam berish uchun ularning o‘tkazmalari 1%ga ko‘payadi.

Yangi chora-tadbirlar startaplar va kichik kompaniyalarga ta’sir qilmaydi, lekin belgilangan chegaraga yetgandan keyin ularni ham qamrab oladi.


Mehmonxona va turoperatorlarga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytariladi

“Keshbek” QQSning 20% mehmonxonalar va turoperatorlarga to‘lanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish muassasalariga to‘langan QQSning bir qismi qaytariladi. Agar korxonaning oylik aylanmasida naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi 60% dan ortiq bo‘lsa — 40% QQS miqdorida keshbek to‘lanadi, agar bu miqdor kam bo‘lsa — 20% QQS to‘lanadi.


Modulli mehmonxonalar ochganlik uchun subsidiya belgilanadi

Subsidiyalar 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha yangi tashkil etilgan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan modul mehmonxonalarga beriladi. To‘lovlarni olish uchun mehmonxonada kamida 10 ta modul bo‘lishi kerak.

To‘lov miqdori mehmonxona toifasidan qat’i nazar, har bir joy uchun 1 million so‘mni tashkil etadi. 2026-yil 31-dekabrdan kechikmay murojaat qilish kerak.

Subsidiya olish uchun arizalar YIDXP orqali qabul qilinadi. Talabnomaga muvofiqlik sertifikatining nusxasi va modulli mehmonxona joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar ilova taqdim etilishi kerak.


Parranda go‘shti importi uchun imtiyoz bekor qilinadi

O‘zbekistonga import qilinadigan parranda go‘shti (yangi, sovutilgan yoki muzlatilgan) uchun bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar bekor qilindi.

1-oktabrdan yangi so‘yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlarini (butun go‘sht, qanot, bel, bo‘yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O‘zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo‘yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.


Afg‘oniston bilan 14 turdagi tovarlar yetkazib berilishi uchun bojxona bojlari bekor qilinadi

Savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kiradi. Hujjat 14 turdagi tovarlarga boj to‘lovlarini bekor qiladi, eksport qiluvchilarga esa qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatiladi.

Xususan, O‘zbekiston Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini berishni soddalashtirmoqda.


Zargarlik buyumlari importi uchun boj bekor qilinadi

Zargarlik tarmog‘i ehtiyojlari uchun import qilinadigan ligatura 2027-yil oktabrgacha uch yil bojxona bojidan ozod qilinadi. Uni import qilish uchun maxsus litsenziya talab qilinmaydi.

1-oktabrdan 2027-yilning 1-oktabrigacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi. Bu belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan amal qiladi.


Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda yangi litsenziya talablari belgilanadi

Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shimcha litsenziya talablari joriy etiladi. Bunda yillik litsenziya to‘lovlarini, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashda qonunchilik talablariga rioya qilish kerak.

Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda sifat talablari, aksiz markalarini qo‘llash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblarini bajarish zarur.

Talablar qatorida monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini o‘rnatish ham bor.

Shuningdek, 1-oktabrdan yashirin ishlab chiqarish, aktsiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga o‘tkaziladi.


Xavfliligi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi

Xorijda ishlab chiqarilgan va olib kelingan yuqori darajada xavf tug‘diruvchi mahsulotlar davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

Bunda respublika hududiga olib kirilayotgan mahsulot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma uning kelishiga qadar import qiluvchi tomonidan Bojxona axborot tizimida va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida joylashtirilishi shart.


“Shaffof qurilish” tizimini tadbirkorlar boshqaradi

Qurilish vazirligiga qarashli konsalting markazlarining funksiyalari ham xususiy sektorga o‘tadi. Prezident davlat organlarining vazifalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surishni taklif qildi.


Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etilmoqda

Shaharsozlik faoliyati obyektlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun shart-sharoitlar yaratishga taalluqli me’yor va qoidalarga muvofiqligi bo‘yicha texnik ekspertiza majburiy tartibda o‘tkaziladi.

Shuningdek, I guruh nogironligi bo’lgan barcha shaxslar va ularga hamroh bo‘lganlar uchun jamoat transportida sayohat qilish bepul bo‘ladi. Ilgari bu tartib faqat ko‘zi ojizlar uchun amal qilgan.

Bundan tashqari, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga shaxsiy avtomobillarini moslashtirish xarajatlarining 50% qoplanadi.