Markaziy bankning 26-sentabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 757,65 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 25-sentabr kuni belgilangan 12 754,83 so‘m qiymatga nisbatan qariyb 3 so‘mga qimmatladi.

26-sentabr kuni “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Tengebank”, “Orient finans bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “KDB Bank Uzbekistan” va “Infinbak"da sotish kursi 12 820 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 815 so‘mdan 12 770 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 720 so‘mdan 12 695 so‘mgacha yetdi.


Sentabr oyida dollar kursi 24-sentabr, 13-sentabr va 12-sentabr kunlari yangi rekord darajani qayd etdi.

Bungacha dollar kursi 23-sentabr, 20-sentabr, 18-sentabr, 17-sentabr, 11-sentabr, 10-sentabr, 5-sentabr va 4-sentabr kunlari oshgandi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.