26-sentabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin tannarxi 1 mln 135 ming so‘mga yetdi. Besh grammlik uchun 5 mln 675 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 675 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 11 mln 351 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 22 mln 701 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 56 mln 753 ming so‘mni tashkil qiladi.

Qimmatbaho metalning narxi ketma-ket uchinchi kun davomida yangi rekord o‘rnatdi va bu o‘tayogan oydagi yettinchi rekorddir.

Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi $2661ga yaqinlashmoqda.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2660,4ni tashkil qildi.

oltin narxi, oltin quyma, rekord


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $39,15 mlrdga yetgani haqida yozgandi.

Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati $1,75 mlrdga yoki taxminan 4,7%ga oshgan. Hozir bu 2018-yildan statistik ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan beri maksimal darajalardan biridir.