“Johnson & Johnson” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan kompaniya uchinchi marta ko‘p milliard dollarlik ishni hal qilishga urinmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Bu kompaniyaga qarshi chaqaloq kukuni va tarkibida talk bo‘lgan boshqa mahsulotlar saraton kasalligiga sabab bo‘lishi haqidagi o‘n minglab da’volarni tugatishi mumkin.

Birinchi sud majlisida da’vogarlarning advokatlari bankrotlik uydirma ekanligini ta’kidladilar. Ular Xyustondagi sudya Kris Lopesni ishni tugatishga yoki “J&J” bosh qarorgohi joylashgan Nyu-Jersiga yuborishga chaqirishdi.

“Johnson & Johnson"ning sho‘ba korxonasi “Red River Talc” Texasda bankrotlikdan himoya qilish uchun ariza berdi.

Uning taklif qilgan kelishuviga ko‘ra, 25 yil davomida da’vogarlarga $10 mlrdgacha to‘lanadi, kompaniya 62 mingdan ortiq jabrlanuvchilarga qarshi sud jarayonini tugatishga va kompaniyaning talk o‘z ichiga olgan mahsulotlari bilan bog‘liq holda “J&J"ga qarshi yangi ishlarning qo‘zg‘atilishining oldini olishga intiladi.

Bitimga qarshi chiqqan yuridik firmalar vakili Devid Moulton tinglovda kompaniyaning kelishuvni bajarilgan bitim sifatida ko‘rsatishga urinishlariga qaramay, uchinchi bankrotlik urinishi “muvaffaqiyatsiz bo‘lishga mahkum"ligini aytdi.

“J&J tomonidan taklif qilingan kelishuv tinchlik emas, balki muhlatdir”, dedi Moulton Lopesga.


Avvalroq “Spot” “Apple” sudda yutqazib Irlandiyada 13 mlrd yevro soliq to‘lashi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, kompaniya Irlandiya hukumati bilan tuzilgan soliq kelishuvlari asosida korporativ soliq stavkasini belgilanganidan ancha pastroq to‘lash imkoniga ega bo‘lgan.