“Telegram"dagi “Wallet” mini-ilovasida “Hamster Kombat” tokenlarini sotmoqchi bo‘lgan odamlar ko‘pligiga bardosh bera olmadi. Bu haqda platforma jamoasi xabar berdi.
Bugun, 26-sentabr kuni “Hamster Kombat” o‘yinidagi HMSTR tokeni yirik kriptovalyuta birjalarida, jumladan “Binance"da debyut qildi. Savdo boshlanishidagi narx $0,01ni tashkil etdi, biroq tezda $0,009dan pastga tushdi.
Token ro‘yxatga olingan “TON” ekotizimidagi ajiotaj fonida yuqori yuklama sabab uzilishlar kuzatildi. “Telegram"ga o‘rnatilgan “Wallet” kripto-hamyoni tokenlarni sotishga urinayotgan ko‘p sonli foydalanuvchilarga bardosh bera olmadi va vaqtincha ishlamayapti.
“Hamyon hozirda juda yuqori faollikni boshdan kechirmoqda, biroq biz allaqachon operatsiyalarni tiklash ustida ishlayapmiz. Sizning barcha mablag‘laringiz xavfsiz”, — dedi kompaniya.
“HMSTR” tokeni “TON” infratuzilmasini sezilarli darajada yuklagan 100 mlndan ortiq foydalanuvchini jalb qilgan eng yirik kripto-aerodropning bir qismiga aylandi.
ILMA O‘zbekiston fuqarolarini “HMSTR” bilan operatsiyalar faqat mahalliy litsenziyaga ega birjalar va kripto-do‘konlar orqali amalga oshirilishi haqida ogohlantirdi. Buning uchun tokenlar birja kotirovkalari ro‘yxatiga yoki do‘konning savdo savatiga kiritilishi kerak.
“Binance” mamlakatda litsenziyaga ega emas. Yil boshida ILMA kripto-birjaga mamlakat fuqarolariga litsenziyasiz va mahalliy yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan xizmat ko‘rsatganligi uchun 102 mln so‘m miqdorida jarima solgan.
Avvalroq “Spot” “Toncoin"ning O‘zbekiston kriptovalyuta bozoriga ta’siri, uning mamlakatda mavjud boshqa kripto-aktivlardan farqi, foydalanuvchilar uchun risklarning mavjudligi hamda uning mahalliy bozordagi rivoji haqida ekspertlar bilan suhbatlashgandi.