27-sentabr kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 715,42 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 21 so‘m 06 tiyinga pasaydi.

Kuni kecha, 26-sentabr kuni ham kurs 21,1 so‘mga pasayib, 12 736,48 so‘m bo‘lgandi.

Bungacha, joriy oyda AQSh valyutasining kursi 24-sentabr, 13-sentabr va 12-sentabr kunlari rekord darajada oshgandi.

Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.

Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.

Tahlilchi Timurmalik Elmuradov so‘m zaiflashuvining oldini olish uchun bir nechta omillarni, jumladan, xomashyoni mamlakat ichida qayta ishlash, xizmatlar ko‘rsatish hamda yangi bozorlarga chiqish kerakligini qayd etdi.