“Yandex Go” Jizzaxda ish boshladi. Bu haqda Bu haqda kompaniya matbout xizmati “Spot"ga xabar berdi.
Yo‘l haqining minimal narxi 2500 so‘mdan boshlanadi. Masalan, Ko‘k bozordan viloyat hokimiyatigacha bo‘lgan yo‘l 3 ming so‘m atrofida bo‘ladi.
Xizmatdan foydalanish uchun “App Store” yoki “Google Play” orqali bepul mobil ilovani yuklab olish va akkaunt yaratish kerak.
Buyurtma berishda ilova orqali manzilni kiritish yoki xaritada nuqtani belgilash mumkin. Ilova mashina necha daqiqada yetib kelishini va uni qanday topish mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Yo‘l haqini naqd pul yoki karta orqali to‘lash mumkin. Kompaniya xaritalar, navigatsiya va buyurtmalarni taqsimlashning “aqlli” tizimi kabi texnologiyalardan foydalanadi.
Hozirda xizmat Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva va Guliston kabi 14 shahrida ham mavjud.
Avvalroq “Yandex” Toshkentdagi kuryerlar uchun elektrovelosipedlar taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Velosipedlar joriy yilning oktabridan poytaxt ko‘chalarida paydo bo‘ladi. Unda tezlikni nazorat qilish moduli, termosumkalar uchun maxsus yukxona mavjud.