“Air Samarkand” aviakompaniyasi Samarqanddan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar haftada ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur yo‘nalishdagi birinchi reys 29-sentabr kuni harakatlanishi rejalashtirilgan.

Juma kunlari aviaqatnov quyidagi jadval asosida olib boriladi:

  • 9S 101 Samarqanddan jo‘nab ketish — soat 07:30;
  • 9S 102 Toshkentdan jo‘nab ketish — soat 22:50.

Yakshanba kunlari esa quyidagi jadval asosida:

  • 9S 105 Samarqanddan jo‘nab ketish — soat 08:00;
  • 9S 106 Toshkentdan jo‘nash soat — 21:40.

Aviachiptalarni airsamarkand.com, easybooking.uz saytlaridadan, shuningdek, O‘zbekiston aviakassalari orqali olish mumkin.

Chiptalar narxi bagaj bilan 76 548 so‘mdan boshlanadi. Mazkur narx aksiya vaqtida amal qilishi qayd etilgan.

“Air Samarkand” 2022-yilning aprelida tashkil etilgan. Kompaniya to‘liq tejamkor konfiguratsiyaga ega ikkita o‘rta masofali Airbus A320 samolyotida Rossiya va Osiyoning 14 ta shahriga parvoz qilishni rejalashtirgandi.

2023-yili kuz-qish mavsumida aviakompaniya Samarqanddan Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlariga muntazam va charter reyslarini yo‘lga qo‘yishi belgilangandi.


Avvalroq “Spot” “Silk Avia” oktabrdan O‘zbekiston bo‘ylab uchta yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Xususan, 8-oktabrdan Farg‘onadan Samarqandga hamda Qo‘qondan Buxoroga, shuningdek, 11-oktabrdan Qo‘qondan Termizga aviaqatnovlar boshlanadi.