O‘zbekistonda 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Spot oktabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni


Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2024-yil sentabr oyi bo‘yicha

Mavjud 35ta bankdan 27tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 27%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni


“Kasallik asoratlarini davolamaslik kerak” — klaster rahbari paxtaning minimal narxi haqida

Yaqinda hukumat paxta xomashyosining birjadagi boshlang‘ich fyuchers narxini bir tonnasi uchun 7,8 mln so‘m etib belgiladi. Spot Global Textile to‘qimachilik klasteri rahbari Muzaffar Razokov bilan paxtaga minimal narx belgilash, shuningdek, bozor munosabatlariga o‘tish zarurati haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni


Biznesni kengaytirishda bankrotlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan 7ta sabab

Auditor Yevgeniya Son moliyaviy reja, bozorni o‘rganish, korporativ madaniyat, majburiyatlarni taqsimlash, yangi bo‘linmalar integratsiyasi hamda huquqiy jihatlarni o‘rganish biznesni kengaytirishda muammolardan qochishga yordam beradigan asosiy omillar ekanligini qayd etdi.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.
    Endi uy-joy olmoqchi bo‘lgan fuqarolar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri bankka topshiradi.
  2. Telegram rasmiylar talabiga binoan qoidabuzarlarning IP manzillari va raqamlarini beradi.
    Yangi chora-tadbirlar platforma va uning milliardlab auditoriyasini himoya qilishga qaratilgan, dedi messenjer asoschisi Pavel Durov.
  3. Kambag‘al oilalarga tadbirkorlikni boshlash uchun garovsiz va foizsiz qarz beriladi.
    Ularning farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilinadi, OTM yotoqxonalaridagi yashash xarajatlari qoplab beriladi.
  4. Turoperatorlar uchun Umra xizmatlarini tashkil etish taqiqlanmoqda.
    Litsenziyaga ega turoperatorlar tomonidan Umra tadbirlarini tashkillashtirish 5-oktabrgacha amal qiladi hamda undan keyingi xizmatlar noqonuniy hisoblanadi.
  5. Oliygohlarda o‘zlashtirishi yuqori kambag‘al oila farzandlariga grant va foizsiz kreditlar beriladi.
    Kelasi o‘quv yilidan tegishli yo‘nalishlarda grant kvotasining 10%gacha qismi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari uchun yo‘naltiriladi.
  6. Hamster Kombat tokenlarini qayerda qonuniy sotish mumkin?
    Qayd etilishicha, tokenlarni faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali xarid qilish yoki sotish mumkin.
  7. Pavel Durovning maoshi yiliga $0,27ni tashkil etadi — Le Monde.
    Qayd etilishicha, daromad to‘g‘risidagi ma’lumotlar Durovning garov puli miqdorini aniqlash uchun ishlatilgan. Tadbirkorning boyligi $9−15,5 mlrdga baholanmoqda.
  8. O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
    Bu bo‘yicha iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchilidagi ishchi guruh tuzildi. Unga xalqaro moliya va mehnat tashkilotlari ekspertlari jalb qilinadi.
  9. Oltin quyma narxi ketma-ket beshinchi kun rekord o‘rnatdi.
    Bir gramm oltin quyma uchun 1 mln 138 ming so‘m, besh grammlik uchun 5 mln 692 ming so‘m taklif qilinmoqda.
  10. Toshkentda jamoat transporti bosqichma-bosqich elektr va gazga o‘tkaziladi.
    Yo‘lovchilar va yo‘nalishli taksilarning xavfsiz va to‘siqsiz harakatlanishini hisobga olgan holda bekatlar rekonstruksiya qilinadi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Toshkentda “Maff” polusti qoplamalarining yirik shourumi ochilishi bo‘ldi

Ko‘p brendli pardozlash materiallari distribyutori MAFF pol qoplamalari, xonalararo eshiklar va butlovchi qismlar shourumini ochdi. Shou-rumda tashrif buyuruvchilar 17 ta jahon brendlari bilan tanishishlari mumkin.

“Uzum” va “British Management University” hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

“Uzum” milliy raqamli ekotizimi mutaxassislari talabalar uchun ma’ruzalar o‘tkazadi, shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga yordam beradi.

“Optimo” dasturini tanlash uchun 11 sabab

“Optimo” dasturi orqali chakana savdo do‘konlarini boshqarishdagi zaxiralarni kuzatish va inventarizatsiya jarayonlarini avtomatlashtirib, do‘kon operatsiyalarini oson va tezroq qilish mumkin.