O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 739,99 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 24 so‘m 57 tiyinga oshdi.
Sentabr oyida dollar kursi 25-sentabr, 24-sentabr, 13-sentabr va 12-sentabr kunlari yangi rekord darajani qayd etdi.
Bungacha dollar kursi 23-sentabr, 20-sentabr, 18-sentabr, 17-sentabr, 11-sentabr, 10-sentabr, 5-sentabr va 4-sentabr kunlari oshgandi.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.