“Spot” o‘rgangan Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek so‘mi ikkinchi oydirki, AQSh dollariga nisbatan biroz qadrsizlanishda davom etmoqda.
Sentyabr oyida milliy valyutaning zaiflashishi 75,38 so‘mni yoki 0,59%ni tashkil etdi — 12 715,15 so‘mgacha pasaydi. Oy davomida dollar asta-sekin qimmatlashdi, ammo so‘nggi uch savdo kunida 42 so‘mni yo‘qotib, sezilarli darajada arzonlashdi.
To‘qqiz oy yakunida o‘zbek so‘mi atigi 2,9%ga qadrsizlandi.
Iyun-iyul oylarida o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan biroz mustahkamlandi. Biroq avgust oyida milliy valyuta 80 so‘mdan ortiqqa arzonlashdi.
Shu bilan birga, yanvar-avgust oylarida iste’mol narxlari 5,5%ga oshdi, bu esa so‘mning real ayirboshlash kursi mustahkamlanganini anglatadi. Kuchli milliy valyuta sharoitida import arzonlashadi va eksport kamroq jozibador bo‘ladi.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi. Milliy valyuta kursini qo‘llab-quvvatlovchi omillar qatorida yevroobligatsiyalar chiqarilishi, oltin narxining oshishi va Markaziy bankning valyuta intervensiyalari bor.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.