“Uzbekistan Airways” oktabr oyida Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir qator qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar quyidagi kunlarda amalga oshiriladi:
4, 11, 18 va 25-oktabr kunlari HY51/52 aviaqatnovi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 14:30;
- Urganchga yetib borish soat 16:00;
- Urganchdan jo‘nab ketish soat 16:50;
- Toshkentga yetib borish soat 18:10.
5, 12 va 19-oktabr kunlari HY57/58 aviaqatnovi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 20:15;
- Urganchga yetib borish soat 21:45;
- Urganchdan jo‘nab ketish soat 22:35;
- Toshkentga yetib borish soat 23:55.
6, 13 va 20-oktabr kunlari HY57/58 aviaqatnovlari:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 20:45;
- Urganchga yetib borish soat 22:15;
- Urganchdan jo‘nab ketish soat 23;05;
- Toshkentga yetib kelish ertasi kuni soat 00:25.
26-oktabr kuni HY55/56 aviaqatnovlari:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 20:15;
- Urganchga yetib borish soat 21:45;
- Urganchdan jo‘nab ketish soat 22:35;
- Toshkentga yetib borish soat 23:55.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy sayti, mobil ilovada, “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Fukuokga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.
Vetnamdagi orolga parvozlar 27-oktabrdan boshlab haftasiga ikki marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.