“YouTube” mualliflar uchun yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “TechCrunch”.
Qayd etilishicha, yangi funksiya yosh cheklovlarini olib tashlash va muayyan hamjamiyat ko‘rsatmalarini buzgani uchun olib tashlangan videolarni qayta tiklash uchun o‘z videolarini tahrirlash imkonini beradi.
Hozirgacha, agar video “YouTube” hamjamiyat tartib-qoidalarini buzganligi uchun baholangan yoki olib tashlangan bo‘lsa, ijodkorlar shikoyat qilishlari va natijasini kutishlari kerak edi.
Ijodkorlar faqat bir marta murojaat qilishlari mumkin edi va natijani qabul qilishdan boshqa iloji yo‘q edi.
Endi kompaniya mualliflarga ushbu test yordamida yosh cheklovlarini olib tashlash yoki videolarni tiklash uchun yana bir imkoniyat beryapti.
“YouTube” o‘zining qo‘llab-quvvatlash sahifasida tegishli mualliflar “YouTube Studio"da o‘z kontentini tahrirlash uchun yangi imkoniyatga ega bo‘lishini aytdi.
Muallif videoni tahrir qilgandan so‘ng, “YouTube” jamoasi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqadi va yoshga oid cheklovlar yoki hamjamiyat tartib-qoidalarining buzilishini olib tashlaydi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ijodkorlar ham videoni avvalgidek tahrir qilishdan ko‘ra, qaror ustidan shikoyat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, kompaniya ilg‘or funksiyalarga ega bo‘lgan ijodkorlar tahrirlash funksiyasidan foydalanishlari mumkinligini aytdi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” mualliflarga videolarini avtomatik dublyaj qilish funksiyasini taqdim qilishi haqida yozgandi.
Shuningdek, mualliflarga videolar, sarlavhalar va videolarning eskizlari uchun g‘oyalarni ishlab chiqishda yordam beruvchi Inspiration yorlig‘i qo‘shiladi.