“Google” foydalanuvchi akkauntlari himoyasini yaxshilash maqsadida “Gmail"da yangi xavfsizlik qoidalarini joriy qildi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.
Endi kompaniya xavfli deb hisoblagan ilovalar, shuningdek, zamonaviy xavfsizlik protokollari bo‘lmagan qurilmalar “Gmail"ga kirish huquqini yo‘qotadi.
Yangilik “Google Workspace” xizmatidan foydalanuvchilarga ta’sir qiladi, shaxsiy hisob egalari yangilanmaydi.
Korporativ foydalanuvchilar endi CalDAV, CardDAV, IMAP, POP va Google Sync tarmoq protokollariga ega dasturlarni qo‘llab-quvvatlamaydilar, ya’ni kirish faqat login va parol bilan amalga oshiriladi.
Yangi xavfsizlik tizimi faqat OAuth avtorizatsiya protokolini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa yanada ishonchli ma’lumotlarni himoya qiladi.
Unga ko‘ra, “Gmail” foydalanuvchi nomi va parolni oshkor qilmasdan foydalanuvchi ma’lumotlariga cheklangan ruxsat beradi.
2023-yil dekabr oyida “Gmail” sun’iy intellektli spam-filtrni ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.
Neyrotarmoq spam-himoya ajratishga qiynalgan juda ko‘plab maxsus belgilar, smayllar, xatolar va hokazo elementlarni tahlil qiladi.
Shuningdek, “Google” Duet AI endi foydalanuvchilar o‘rniga elektron pochta xabarlarini yozishi haqida ma’lum qilgandi.
Bunda “Gmail” foydalanuvchilari elektron pochta xabarlarini yozishda yordam berish uchun turli xil variantlarni taklif qiladigan “menga yozishga yordam bering” tugmachasidan foydalanishi mumkin.
Avvalroq “Spot” Ilon Mask “Gmail"ning analogini yaratishi mumkinligi haqida yozgandi.
Mask “X” ijtimoiy tarmog‘ida tez orada elektron pochta xizmatini ishga tushirishi mumkinligiga ishora qilgan.