Toshkentning beshta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

3-oktabr kuni ta’mirlash ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00dan 18:00gacha)

  • Aholi iste’molchilari soni: “Yangi Olmachi” MFY Olmachi ko‘chasida — 289ta yerli xonadon
  • Ko‘p qavatli uylar 4ta — 300ta xonadon
  • Ulgurji iste’molchilar — 4ta

Sergeli tumani (soat 10:00dan 18:00gacha)

  • “Sofdi” MFY Sergeli 4 ko‘chasida — 104ta yerli xonadon
  • Sergeli 6a mavzesida 23ta ko‘p qavatli uylarda 2514ta xonadon
  • Ulgurji iste’molchilar — 8ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


Avvalroq “Spot” Qashqadaryoda qariyb 233 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Qarshi shahrida fuqarolar xonadonda novvot ishlab chiqarish sexini tashkil etishib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib olgan.