“Google” Android tizimidagi smartfonlarda “Gemini Live” ovozli yordamchisini ishga tushirish imkoniyatini qo‘shdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, endi foydalanuvchilar yangilikdan bepul foydalanishlari mumkin.
“Gemini Live"ni yoqish tugmachasini uzoq bosib ishga tushirish mumkin — endi “Google Assistant” o‘rniga Gemini belgisi mavjud.
Foydalanuvchi erkak yoki ayol ovozini, shuningdek, ingliz tilining dialektlaridan birini tanlashi mumkin.
Sun’iy intellekt ekranda ko‘rgan narsani tushunadi, masalan, unga “YouTube” videosida nima bo‘layotgani haqida savol berish mumkin. Ilovalarda u matn va rasmlarni yaratishi mumkin. Ilgari faqat “Gemini Advanced” abonentlari ushbu funksiyalardan foydalanishlari mumkin edi.
“Gemini Live” bilan tabiiy tarzda muloqot qilish mumkin — neyron tarmoq foydalanuvchini duduqlanish, nutq xatolari yoki aksentni hisobga olgan holda ham tushunadi.
Agar foydalanuvchi “Gemini Live"ni yoqsa, mikrofon doimo yoniq bo‘ladi — uni o‘chirish uchun sozlamalarda tegishli menyuni topish kerak bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” “Gemini” bilan integratsiyani sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.
Bu funksiya ijodkorlarga video g‘oyasi va eskizlari yoki uning nomini o‘ylab topishga yordam beradi.