“Jeep” kompaniyasi 200 mingga yaqin “Wrangler 4xe” va “Grand Cherokee 4xe” gibrid avtomobillarini yong‘in xavfi tufayli qaytarib olish kampaniyasini e’lon qildi. Bu haqda “Carcoops” nashri xabar berdi.

Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda, biroq tergov davom etar ekan, egalardan o‘z avtomobillarida sayohat qilmasliklarini so‘ramoqda.

“Carscoops ma’lumotlariga ko‘ra, modellar AQShda “Jeep” brendining eng mashhur gibridlari hisoblanadi.

Sabablari hali noma’lum bo‘lgan 13 ta yong‘in hodisasi haqida xabar berilganidan so‘ng, kompaniya Qo‘shma Shtatlardagi 154 ming 32ta avtomobilni chaqirib olishga qaror qildi.

Barcha yong‘in hodisalari mashinalar to‘xtab turgan va o‘chirilgan paytda sodir bo‘lgani xabar qilingan.

Shu sababli, Stellantis egasiga muammo hal bo‘lgunga qadar ma’lum vaqt davomida o‘z avtomobillarini ko‘chada “inshootlar yoki boshqa transport vositalaridan uzoqda” qo‘yishni maslahat beradi.

Shuningdek, egalari akkumulyatorlarni qayta zaryadlashdan voz kechishlari kerakligi, chunki batareyaning zaryadlash darajasi pasayganda yong‘in xavfi ancha past bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.

Bundan tashqari, Stellantis muammo faqat AQSh bilan chegaralanmaganligini aniqladi, chunki u Kanadada taxminan 14 038ta, Meksikada 673ta va xorijda 25 502ta avtomobilga ta’sir qiladi.

Iyun oyida “Jeep” potensial xavfsizlik muammosi tufayli 2023-yilgi “Grand Cherokee” modelining kichik partiyasini qaytarib olishi haqida xabar bergandi.

Xabarga ko‘ra, 2023-yil 12-iyuldan 13-iyulgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonida ba’zi “Grand Cherokees” orqa xavfsizlik kamarlarining bo‘shashgan murvatlari bilan ishlab chiqarilgan.

Bu xavfsizlik kamarlarining murvatlarini tartibga soluvchi 210-Federal avtotransport xavfsizligi standarti talablarini buzadi.


Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” 27 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olishi haqidda yozgandi.

Avtomobillarning qaytarib olinishiga ulardagi V8 dvigatellarning to‘xtab qolishi mumkinligi sabab bo‘lgan.