Yanvar-avgust oylarida Rossiya neftining Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranziti 2023-yilga nisbatan 30%ga oshdi. Bu haqda Rossiya energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokinga tayanib “TACC” nashri ma’lum qildi.

2023-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga neft quyish hajmi 154,3 ming tonnani tashkil qilgani haqida avval xabar berilgan edi.

2024-yil oxirigacha O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 500 ming tonnadan oshirish rejalashtirilgan.

Departament boshlig‘i o‘rinbosari qozog‘istonlik hamkorlarga “bu boradagi konstruktiv yondashuvi uchun” minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya neftining Qozog‘iston orqali Xitoyga tranziti haqida gapirar ekan, Sorokin 2023 yilda Xitoyga yetkazib berish hajmi 10 million tonnani tashkil etganini eslatdi.

“Bu yil biz xuddi shunday ko‘rsatkichlarga erishishni kutmoqdamiz”, dedi u.


Avvalroq “Spot” “Gazprom neft” O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekiston bilan uglevodorodlarni qidirish va qazib olishda hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda.