O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 775,02 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 34 so‘mga oshdi.
2-oktabr kuni yangi rekord darajani qayd etib, 12 757,94 so‘mni tashkil etgandi.
Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi sentabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
O‘zbek so‘mi ketma-ket ikkinchi oy biroz arzonlashdi. Sentyabr oyida milliy valyuta 75 so‘mdan ortiq qiymatni yo‘qotdi.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.